Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Barselona» Porro transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda

«Barselona» Porro transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Pedro Porro faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi uning transferi uchun 30 million yevrolik taklif yuborishga tayyor. «Shporlar» ispaniyalik futbolchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noaniq.

Pedro Porro 2023 yilda «Sporting»dan «Tottenxem»ga 40 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi London klubi safida barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Porroning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:42, 23.07.2026.
O'qildi: 1096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик