«Barselona» Karim Adeyemi transferini rasman e’lon qildi.
Kataloniya klubi Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri jamoaga o‘tganini bildirdi. Adeyemi 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘ydi.
Avvalroq «Barsa» Adeyemi uchun 22+7 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgan edi.
Bundesliganing o‘tgan mavsumida Adeyemi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













