Fransiyaning «Renn» klubi va Shveysariya terma jamoasi hujumchisi Bril Embologa Amerikaning «Atlanta Yunayted» klubi, shuningdek, Angliya hamda A Seriyaning bir nechta jamoalari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Djeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«Bril Embologa «Atlanta Yunayted» tomonidan qiziqish bor. Bundan tashqari, Embolo «Xall Siti» va «Ipsvich», shuningdek, Seriya Aning bir nechta klublari nomzodlari orasida ko‘rib chiqilmoqda. Ehtimoliy sotuv narxi — taxminan 15 million yevro», — deb yozdi Djeykobs.
Fransiya Liga 1'ning 2025/2026 yilgi mavsumida 29 yoshli Embolo 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, uning hisobida Shveysariya terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionatida 6 ta o‘yin, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma mavjud.













