Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

"Bunyodkor" maydoni to‘liq tayyor emas. Derbi "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi

"Bunyodkor" maydoni to‘liq tayyor emas. Derbi "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" — "Nasaf" uchrashuvi respublikadagi hozircha eng katta stadion chimi o‘zini tiklab olmaganidan kelib chiqib, Olimpiya stadionida o‘tkazildi.

Avval ham aytilganidek, yoz chillasi va undan chiqish davomida O‘zbekistondagi ko‘plab futbol maydonlarida muammolar kuzatiladi. Iqlimning keskin isib ketishi oqibatlarini bartaraf etish ustida agronomlar tinmay mehnat qiladi. Xuddi shuningdek, "Bunyodkor" stadioni maysasini mavsumning ikkinchi qismiga tayyorlash ishlari ham davom etmoqda. Biroq holat hozirgi vaqtga qadar to‘liq o‘nglanmadi.

Sir emaski, avvalroq Termiz va Buxoro shaharlaridagi stadionlar parvarishi bilan bog‘liq loqaydliklar, buning oqibatida maysa holatidagi salbiy o‘zgarishlar sabab Liga ayrim uchrashuvlarni boshqa shaharlarga ko‘chirish yuzasidan majburiy qarorlar qabul qilgandi. Garchi "Bunyodkor" stadionida ish nisbatan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, Liga ishchi guruhi maydonning ayni holatdagi chimini Superliga uchrashuvi uchun tayyor emas deb baholadi. Talab barcha uchun bir ekanligidan kelib chiqib, "Bunyodkor"ga kamida yana bitta tur uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazish uchun ruxsat berilmaydi.

Shundan kelib chiqib, Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Paxtakor" uchrashuvi raqib jamoa maydoniga ko‘chirildi. Bu nafaqat maydonda ijobiy o‘zgarishlar qilish uchun fursat beradi, balki tayyor bo‘lmagan chim ustida rasmiy uchrashuv o‘tkazish orqali, maydonni yanada uzoqroq muddatga ishdan chiqarish ehtimolini kamaytiradi.

Kiritildi: 17:26, 23.07.2026.
O'qildi: 390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик