Nufuzli Sky Sports kanali tahlilchilari Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzib chiqishdi. Birinchi o‘rinni Argentina terma jamoasi sardori — yulduzli hujumchi Lionel Messi egalladi. Uning reytingi — 100!
Ikkinchi o‘rinda 97,69 reyting ko‘rsatkichi bilan Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe joy oldi. Kuchli uchlikni 91,54 ko‘rsatkich bilan Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem yakunlab berdi.
Keyingi top-10 talikdan Usman Dembele (90,94), Unay Simon (88,48), Erling Xolann (88,4), Pedro Porro (85,65), Mikel Oyarsabal (85,11), Emerik Laport (83,66) va Pau Kubarsi (83,27) joy oldi.
Qizig‘i shundaki, Ispaniya terma jamoasi vakillari top-4 talikda yo‘q, Mundialning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan Rodri esa hatto top-10 talikka ham kiritilmagan.













