«Barselona»ning yosh va iste’dodli himoyachisi Jofre Torrents ushbu yozgi transfer oynasida tajriba orttirish va faoliyatida keyingi qadamni tashlash maqsadida jamoani ijara asosida tark etishi kutilmoqda.
Himoyachiga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda. Xususan, Niderlandiyaning «Ayaks» hamda Ispaniyaning «Rasing» klublari futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yuborib bo‘lgan. Torrents yaqin orada ushbu variantlarni atroflicha o‘rganib chiqib, kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keladi.
«Barselona» rahbariyati o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisi asosiy tarkibda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini xohlamoqda. Kataloniyaliklarning fikricha, vaqtinchalik ijara uning rivojlanishi uchun juda qo‘l keladi va kelajakda klubning asosiy tarkibi uchun raqobatlashishiga zamin yaratadi.













