Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

«River Pleyt» JCH-2022 g‘olibi transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

«River Pleyt» JCH-2022 g‘olibi transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Argentinaning «River Pleyt» klubi yozgi transfer oynasidagi eng shov-shuvli kelishuvlardan birini amalga oshirishga yaqin turibdi. Klub 2022 yilgi jahon chempioni Anxel Korrea transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 31 yoshli argentinalik hujumchi «River Pleyt» bilan 2029 yilning iyun oxirigacha amal qiluvchi uzoq muddatli shartnoma shartlarini qabul qilgan.

Argentina klubi markaziy hujumchi, ikkinchi hujumchi hamda qanotlarda o‘ynay oladigan serqirra futbolchining transferi uchun Meksikaning «Tigres» klubiga taxminan 15-17 million dollar atrofida to‘lovni amalga oshiradi.

Shu tariqa, faoliyatining katta qismini xorijda (jumladan, Madridning «Atletiko» va «Tigres» klublarida) o‘tkazgan Korrea yana Argentina futboliga qaytmoqda. Qatarda o‘tkazilgan JCH-2022 musobaqasida Argentina terma jamoasi safida oltin medallarni qo‘lga kiritgan tajribali hujumchi «River Pleyt»ning hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 19:04, 23.07.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик