Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Karius CHL-2018 finalidagi xatolari haqida gapirdi

Karius CHL-2018 finalidagi xatolari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq darvozaboni Loris Karius Chempionlar ligasi finalidagi muvaffaqiyatsizlikni qanday boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi.

2018 yilgi Chempionlar ligasi finalida Angliya klubi «Real»ga mag‘lub bo‘lgan edi (1:3). Ushbu o‘yinda golkiper Garet Beylning uzoqdan yo‘llagan zarbasidan so‘ng va to‘pni Karim Benzemaga noo‘rin oshirib berib, golga olib kelgan ikkita jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygandi.

Final o‘yini haqida: «Ushbu vaziyatgacha faoliyatim shiddat bilan yuqorilab borayotgan edi, keyin esa to‘satdan hamma narsa barbod bo‘ldi — men eng tubga sho‘ng‘idim. Bu juda og‘ir kechdi, chunki u paytda taxminan yigirma besh yoshda edim va hozirgidek o‘zimga ishonchim mustahkam emasdi. Ochig‘ini aytganda, o‘sha davrda futbolga bo‘lgan mehrimni yo‘qotdim. Boshqa mashg‘ulot o‘tkazishni ham, o‘ynashni ham xohlamay qolgandim».

Muammolari haqida gapirganda, ajoyib klubda o‘ynashi, shinam xonadoni borligi va yaxshi daromad olishi haqidagi gaplarni eshitgani haqida: «Ammo bularning hech biri men uchun ahamiyatga ega emasdi. Men shunchaki baxtsiz edim va meni bu chuqurdan hech kim olib chiqa olmaydigandek tuyulardi. Bu juda og‘ir yillar bo‘ldi».

Psixologga murojaat qilish ham yordam bermagani haqida: «Baribir vaziyatni o‘zgartira olmadim. Bu yillar davomida ushbu inqirozdan qandaydir tarzda o‘zim mustaqil ravishda chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldim», — dedi hozirda «Shalke»da to‘p surayotgan Karius.

Kiritildi: 19:09, 23.07.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик