Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Napoli» Lukakuning sotilishi mumkinligini tasdiqladi

«Napoli» Lukakuning sotilishi mumkinligini tasdiqladi

Baho:
+ | -

«Napoli» sport direktori Jovanni Manna «adzurri» hujumchisi Romelu Lukaku shu yozda klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni tasdiqladi.

«Rom ta’tildan qaytgach, uchrashib, uning vaziyatini baholab olishimiz kerak», — deydi Mannaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan insayder Fabrisio Romano.

Oldinroq Neapol klubi yoshi o‘tib qolgan belgiyalik futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi. Hujumchi 2024 yildan beri «Napoli» sharafini himoya qilib kelmoqda, uning klub bilan amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan.

Qayd etish joizki, Lukaku o‘tgan mavsumni butunlay omadsiz o‘tkazdi. U «Napoli» safida Italiya A Seriyasida bor-yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 22:34, 23.07.2026.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик