Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Futbolchilarga ham, muxlislarga ham rahmat» - Vadim Abramov qiyin g‘alaba, chetlatish, Amonovning jarohati va Hojimirzayevning to‘purarligi haqida

«Futbolchilarga ham, muxlislarga ham rahmat» - Vadim Abramov qiyin g‘alaba, chetlatish, Amonovning jarohati va Hojimirzayevning to‘purarligi haqida

Baho:
+ | -

Superliga 13-turi doirasidagi «Surxon» - «Dinamo» (1:2) o‘yinidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov erishilgan qiyin g‘alaba haqida fikrini bildirdi.

«Surxon» jamoasini o‘yinni nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan jamoa sifatida bilardik. Tezkor gol urdik, ammo chetlatishdan keyin raqib o‘yinni nazorat qildi. Yigitlarga g‘alaba uchun alohida rahmat, muxlislarga ham qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiraman. Aslida birinchi bo‘limdayoq qator hujumlar bilan o‘yin taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega edik. Yakunda esa og‘ir o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Raul Jeparov yomon o‘ynamadi, ammo chetlatishdan keyin uni tajribaliroq futbolchiga almashtirdik.

Superligada ketma-ket 3-g‘alaba? Mavsum boshida ko‘p ochko yo‘qotdik, endi esa o‘rnini to‘ldirishimiz kerak.

Azizbek Amonovning jarohati? U «Qizilqum» bilan o‘yinda jarohat oldi. Fikrimcha, u bir oylarga safdan chiqdi.

«Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etsak yuqori o‘rinlarga chiqamiz? O‘zi nechta tur qoldi yana? Hammasini yutsak chempion bo‘lamiz. Bunday gaplarni chetga surib, o‘yindan o‘yinga tayyorlanish va ochkolarni ishlash kerak. Hamma o‘yin juda og‘ir o‘tmoqda.

O‘rozov? Jahongir masalasida kutyapmiz, qanday kelishishadi, ko‘ramiz. Hozir to‘p «Rubin» tomonida deyishim mumkin. O‘yinchi bilan qanday kelishishadi, ko‘ramiz. Kelishishsa, u o‘tadi, aks holda bizda qoladi.

Moliyaviy holat o‘zgarganmi? Menimcha, hamma bu haqda gapiryapti, bizda hammasi o‘shandek.

Hojimirzayevning dubli? Mavsum oldidan deyarli 6 futbolchimiz milliy jamoalarda edi. Ehtimol, yakunda uning milliy jamoa ro‘yxatidan o‘rin olmagani ruhiy ta’sirini o‘tkazgandir. Anvar jahon chempionatiga bora olmaganiga to‘g‘ri reaksiya qilyapti va munosib o‘ynayapti, uning uchun xursandman», - dedi Vadim Karlenovich matbuot anjumanida.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 05:37, 24.07.2026.
O'qildi: 644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик