Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich klub bilan yangi kelishuvga imzo chekkanidan so‘ng «Milan» muxlislariga murojaat qildi. Yangi shartnoma muddati 1 yilni tashkil etadi.
«Milan»da — birinchi kundan beri qaynoq mehr va qo‘llab-quvvatlashni his qilgan klubimda qolganimdan xursandman. Yomon mavsumdan so‘ng vaziyatni to‘g‘rilash uchun menda juda goyat katta ishtiyoq bor. Bizni yangi mavsum va yangi chorlov kutmoqda — men ishonadigan va meni ruhlantiradigan loyiha. Men ushbu libos uchun bor kuchimni berishda davom etishga tayyorman va bu ranglarni yana himoya qilishimdan faxrlanaman. «San-Siro»ga qaytishni va siz bilan ko‘rishishni intiqlik bilan kutyapman. Ko‘rishguncha. Olg‘a, «Milan»!» — deydi Modrichning so‘zlarini Goal portali.
«Milan» safidagi 37 ta o‘yinda futbolchi 2 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.













