«Santos» klubi hujumchisi, braziliyalik Neymar pokerga bo‘lgan qiziqishi atrofidagi tanqidlar bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
«Ko‘pchilik meni tesh-tez poker o‘ynashimni aytishadi. Vaholanki, bugun ertalabki mashg‘ulotni o‘tkazdim. Oxirgi o‘yinda maydonga tushmaganimning sababi — mashg‘ulot jarayonini endigina tiklaganimdir. Pokerni esa dam olish kunimda o‘ynagandim. Hozir esa xayolim faqat mashg‘ulotlarda. Bemalol shug‘ullanishim mumkinmi yoki bunga ham gapingiz bormi?» — deb yozadi 34 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Braziliya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. U yaqinda bo‘lib o‘tgan JCH-2026 da ham ishtirok etgan edi.













