«Vilyarreal» «Leypsig» darvozaboni Peter Gulachining transferi bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi, deb xabar berdi insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar shartnoma shartlarini deyarli kelishib olishgan, klublar esa kelishuv tafsilotlarini muhokama qilishni davom ettirmoqda. Yaqin orada transfer rasman rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali o‘yinchining bozor qiymatini 1 million yevroga baholamoqda.
Gulachi 2015 yildan beri «Leypsig» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda u Bundesliganing 23 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z darvozasidan 32 ta to‘p olib chiqdi. O‘nta uchrashuvda esa u o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.













