«Manchester Yunayted» Brunu Fernandesh bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamoqchi. Bu haqda Janluidji Longari xabar bermoqda.
Yaqinda tomonlar o‘zaro muzokaralar o‘tkazishgan, ammo ijobiy siljishga erisha olishmagan. Bu holat bir nechta jamoalarda Brunuga nisbatan qiziqish uyg‘otdi. Ta’kidlanishicha, klub va futbolchi yangi muzokaralar bosqichini rejalashtirishgan.
OAVda Brunu Fernandeshning «Galatasaray»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» futbolchini 64 million yevroga sotishga tayyor.













