Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Dana Uayt Makgregor va Meyvezer o‘rtasida revansh jangi tashkil etilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Dana Uayt Makgregor va Meyvezer o‘rtasida revansh jangi tashkil etilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

UFC ligasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Dana Uayt yarim yengil va yengil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor hamda beshta vazn toifasida boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer-kichik o‘rtasida boks qoidalari bo‘yicha revansh jangi tashkil etilishi imkoniyatini baholadi.

"Ushbu revansh borasidagi asosiy e’tirozim shundaki, birinchi jang oldidan ham: "Bu aqlsizlik", deb o‘ylagandim. Biz bu qarama-qarshilikni allaqachon ko‘rib bo‘ldik. Masalan, Konorning Maks Xollouey bilan jangini olsak, ularning ilk to‘qnashuvida Makgregor g‘alaba qozongandi, revanshda esa Maks zafar kuchdi. Bunday vaziyatda trilogiya o‘tkazish o‘rinli. Meyvezer bilan kechgan bahsda esa: "Bilasizmi, agar bu jangni qaytadan o‘tkazsak, natija boshqacha bo‘lishi mumkin", deb aytishimga majbur qiladigan hech qanday omil ko‘rmayapman", — dedi Uayt Bloody Elbow portaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 17:17, 24.07.2026.
O'qildi: 377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик