«Manchester Siti»ning yangi xaridi, yarim himoyachi Elliot Anderson «Manchester Yunayted»ga qarshi derbidan kutilayotgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va yangi klubi haqida fikr bildirdi. Angliya Premyer-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumidagi jamoalarning ilk to‘qnashuvi 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
«Ha, bu dunyodagi eng yirik derbilardan biri. Manchester futbolini qanchalik bilsam, «Siti» hamisha bu shaharning qirollari bo‘lib kelgan. Bu ajoyib o‘yin bo‘ladi va unda maydonga tushish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman. Men haqiqatan ham buni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu mamlakatning juda go‘zal go‘shasi va oilam bilan bu yerdagi hayotdan zavq olamiz», — dedi Anderson «Manchester Siti» rasmiy saytiga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumda Anderson APLda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













