Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Tayson Fyuri 2026 yildan so‘ng professional boksdagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

Tayson Fyuri 2026 yildan so‘ng professional boksdagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Superog‘ir vazn toifasida WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri (35-2-1, 24 KO) joriy yil yakunlangach professional boksdagi faoliyatini nihoyalayjagini ma’lum qildi.

«Bu mening boksdagi oxirgi yilim, shu sababli faol bo‘lishni xohlayman. 65 yoshgacha bu sport turi bilan shug‘ullanishni istamayman. Muxlislar „Siganlar qiroli“ faoliyatining so‘nggi bobini kuzatishyaptimi? Ha, bu mening oxirgi yilim», — dedi Fyuri The Sun nashriga bergan intervyusida.

Tayson Fyuri hozirda 37 yoshda. U professional boksdagi debyutini 2008 yilning dekabr oyida o‘tkazgan edi.

Kiritildi: 19:41, 24.07.2026.
O'qildi: 310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик