Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Kanye Uest konserti sababli «Qayrat» «Omoniya»ga qarshi YECHL saralash o‘yinini Olmaotadan Turkistonga ko‘chirdi

Kanye Uest konserti sababli «Qayrat» «Omoniya»ga qarshi YECHL saralash o‘yinini Olmaotadan Turkistonga ko‘chirdi

Baho:
+ | -

Kanye Uestning konserti tufayli «Qayrat» Chempionlar Ligasidagi o‘yinini boshqa shaharga ko‘chirishga majbur bo‘ldi.

Qozog‘istonning «Qayrat» klubi Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqichi doirasida Kiprning «Omoniya» jamoasiga qarshi kechadigan javob uchrashuvi boshqa maydonga ko‘chirilganini ma’lum qildi. Uchrashuv 29 iyul kuniga belgilangan. Ilk bahsda Qozog‘iston klubi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

«14 avgust kuni Olmaota shahridagi Markaziy stadionda Kanye Uestning konserti o‘tkazilishi munosabati bilan, ushbu tadbir yevrokuboklarning uchinchi saralash bosqichidagi uy o‘yinimiz vaqtiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababli «Qayrat»ning uy arenasi uchrashuvni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun yopiq bo‘ladi.

Yuzaga kelgan holatlarni hamda yevrokuboklardagi tig‘iz jadvalni inobatga olgan holda, klub UYEFAga uchinchi saralash bosqichidagi ehtimoliy uy o‘yinini boshqa joyga ko‘chirish iltimosi bilan murojaat qildi.

Ushbu murojaat ko‘rib chiqilgach, uchrashuvni Turkiston shahridagi «Turkiston Arena» stadionida o‘tkazishga rozilik berildi. O‘yinning aniq sanasi, vaqti va chiptalar sotuvi bo‘yicha ma’lumotlar jamoaning yevrokuboklardagi keyingi yo‘li aniq bo‘lganidan so‘ng qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi», — deyiladi «Qayrat» klubi xabarida.

Kiritildi: 19:53, 24.07.2026.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик