Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

«Atletiko»ning pozisiyasi o‘zgarmadi: Alvares «Barselona»ga sotilmaydi

«Atletiko»ning pozisiyasi o‘zgarmadi: Alvares «Barselona»ga sotilmaydi

Baho:
+ | -

Hujumchi Xulian Alvares «Barselona»da o‘ynash istagida ekanini bir necha bor shama qilgan edi. Shunga qaramay, «Atletiko» argentinalik futbolchini kataloniyaliklarga sotish niyatida emas.

La SER manbasiga tayanib The Touchline bergan xabarga ko‘ra, «Atletiko»ning pozisiyasi o‘zgarmasdan qolmoqda: «matraschilar» Alvaresni «Barselona»ga sotmaydi. Madridliklar Xulianni sotishi mumkin bo‘lgan yagona klub bu — «Arsenal».

26 yoshli Xulian Alvares nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 120 million yevroga baholanmoqda. Avvalroq Alvares «Atletiko»ning shu yozda uni «Barselona»ga sotish bo‘yicha bergan va’dasini bajarmaganidan xafa bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 23:15, 24.07.2026.
O'qildi: 1668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик