Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi jamoaning yangi futbolchisi — niderlandiyalik vinger Krisensio Sammervillni rasman tanishtirdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
24 yoshli futbolchi «Vest Hem»dan «Al-Hilol»ga ko‘chib o‘tdi va yangi klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 64,5 million yevroga teng.
Krisensio Sammervill 2026 yilgi jahon chempionatining eng yorqin kashfiyotlaridan biriga aylandi. U Niderlandiya terma jamoasi safida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasi JCH-2026ning 1/8 finalida Marokashga qarshi bahsda asosiy va qo‘shimcha vaqtni 1:1 hisobida yakunlab, penaltilar seriyasida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.













