«Kristal Pelas» «Brest»ning markaziy himoyachisi Rafael Le Genni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
19 yoshli fransuz londonliklarning nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan, chunki «burgutlar» tez orada Maksens Lakruasiz qolishadi. Lakruaning «Chelsi»ga o‘tishi yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda.
Le Gen 2025/26 yilgi mavsumda «Brest» safida debyut qildi va Liga 1da 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yosh himoyachi mavsumning so‘nggi to‘rtta uchrashuvida, jumladan «PSJ» va «Strasbur»ga qarshi bahslarda asosiy tarkibda maydonga tushgan.
«Kristal Pelas» yosh fransuz markaziy himoyachilarini xarid qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribaga ega. O‘tgan yozda klub «Tuluza»dan 19 yoshli Jeydi Kanvoni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Mark Gexi jamoani tark etgach, u himoya chizig‘ining asosiy o‘yinchisiga aylandi.













