Ispaniyalik yarim himoyachi Rodri o‘z klubi "Manchester Siti" rahbariyatiga faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda futbol insayderi Ben Jeykobs yozmoqda.
Jurnalistning aniqlik kiritishicha, Rodri oilaviy va sportga oid sabablarga ko‘ra yozda Madridga ko‘chib o‘tish niyatida ekanini bildirgan. Jeykobs angliyaliklar yarim himoyachini olib qolishga uminayotgani sababli tomonlar hozirda muzokaralarni davom ettirayotganini ta’kidlaydi.
Rodri 2019 yildan beri "Manchester Siti"da o‘ynab kelmoqda. Angliya klubi tarkibida yarim himoyachi to‘rt marta Angliya chempionatida va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.













