Myunxenning "Bavariya" klubi va Fransiya terma jamoasi yulduzlaridan biri Maykl Olise yana bir bor diqqat markaziga tushdi, ammo bu safar katta stadionlardan tashqarida.
24 yoshli futbolchi Nyu-Yorkda ko‘cha futboli o‘ynayotganda videoga olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi tarqalgan rolikda Olise ko‘tarinki kayfiyatda ekanini ko‘rish va tabassumini payqash mumkin. Video muallifi fransuz futbolchisini darhol tanib: "Odamlar, qaranglar — Olise biz bilan futbol o‘ynayapti!" deya hayqiradi. JCH-2026 yarim finalida Ispaniyaga qarshi o‘yinda Olise o‘z darajasidagi eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, baribir musobaqaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Yarim himoyachi yettita golli uzatmani amalga oshirib, turnirning eng yaxshi assistenti bo‘ldi.
AQSHdagi qisqa ta’tildan so‘ng fransuz Myunxenning "Bavariya" klubi mashg‘ulot yig‘iniga borib qo‘shiladi.













