Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Al-Hilol» «Bavariya» hujumchisi uchun 132 mln yevrogacha taklif qilishga tayyor

«Al-Hilol» «Bavariya» hujumchisi uchun 132 mln yevrogacha taklif qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» hujumchilar qidiruvida bozorni o‘rganishda davom etmoqda va «Bavariya» vingeri Luis Dias bilan muzokaralar olib bormoqda. Insayder Sasha Tavolyerining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, Saudiya klubi kolumbiyalik futbolchiga soliqlardan tashqari yiliga 25 million yevro atrofida maosh taklif qilishga tayyor.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Al-Hilol» Myunxenning «Bavariya» klubi bilan muzokaralar olib bormayapti va 29 yoshli futbolchi bilan kelishib olmagunicha ularni boshlamaydi.

Xabar qilinishicha, Saudiya klubining yozgi transfer oynasi uchun umumiy byudjeti 350 million yevrodan oshadi. Agar futbolchi o‘tishga rozi bo‘lsa, «Al-Hilol» Luis Dias uchun 105 milliondan 132 million yevrogacha bo‘lgan summani to‘lashga tayyor.

Kiritildi: 13:16, 26.07.2026.
O'qildi: 824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик