Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Chelsi» vingeri uchun katta summa talab qilishga tayyorlanmoqda

«Chelsi» vingeri uchun katta summa talab qilishga tayyorlanmoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi» shu yozda Pedru Netuni sotishga faol harakat qilmayapti, ammo bir qancha klublar tomonidan qiziqish ortib borayotgani fonida portugaliyalik vinger uchun salmoqli summa talab qilishga tayyor.

«Ko‘klar» 26 yoshli futbolchiga «Manchester Siti», «Liverpul» hamda Saudiya Arabistoni klublari tomonidan qiziqish borligidan xabardor, biroq uni arzonga qo‘yib yuborish niyatida emas.

Yevropaning top-vingerlari narxi keskin oshgani «Chelsi»ning pozisiyasini yanada mustahkamladi. Jumladan, «RB Leypsig» Yan Diomandeni 100 million funtdan ortiqqa baholamoqda, «PSJ» esa Bredli Barkola uchun shunga o‘xshash yuqori narx belgilagan.

«Chelsi» Netu uchun bu darajadagi summani kutmayotgan bo‘lsa-da, transfer bozoridagi mavjud vaziyat Portugaliya terma jamoasi a’zosi qimmatbaho aktiv ekani haqidagi ishonchni yanada mustahkamladi.

Klubdagi manbalarning hisoblashicha, hozirda transfer bozorida yuqori darajadagi qanot hujumchilari tanqis bo‘lib turgan bir vaqtda Netuning e’tiborni tortishi tabiiy holdir.

«Manchester Siti»ning qiziqishi ayniqsa e’tiborga molik, chunki bosh murabbiy Enso Mareska «Stemford Bridj»dagi faoliyati davomida Netudan asosiy o‘ng vinger sifatida foydalangan edi.

Netu hozirda Portugaliya terma jamoasi safidagi Jahon chempionatidan so‘ng berilgan ta’tilni o‘tkazayotgani sababli «Chelsi»ning Avstraliyadagi mavsumlaroaro turnesida ishtirok etmayapti.

Bu orada yana bir portugaliyalik vinger Jovani Kenda yengil jarohatidan tuzalgach, turnening Avstraliyadagi bosqichidan so‘ng jamoaga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Shuningdek, «Chelsi» tarkibida yangi hujumchi Emmanuel Emega ham yo‘q, u «Bromli» va «Krouli»ga qarshi yopiq eshiklar ortida kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarida gol urgach, son mushaklaridan jarohat olib, tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 13:38, 26.07.2026.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик