Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Vinisius «Arsenal»ga o‘tgan taqdirda jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylanadi — The Times

Vinisius «Arsenal»ga o‘tgan taqdirda jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylanadi — The Times

Baho:
+ | -

«Arsenal» madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olgan taqdirda, uni jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylantirishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, London klubi braziliyalik vingerning «qaymoqranglilar» bilan shartnomani uzaytirish borasidagi kelishmovchiliklari fonida haqiqatan ham uni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Ta’kidlanishicha, ayni damda «Arsenal»da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi hujumchi Bukayo Saka hisoblanadi. Uning maoshi soliqlar ushlanguniga qadar yiliga taxminan 15,6 mln funtni (18,2 mln yevro) tashkil etadi. Vinisiusning «Real»dagi maoshi esa soliqlar to‘langanidan so‘ng taxminan 14,9 mln yevroga teng. «Qirollik klubi» futbolchiga 20 mln yevrodan ortiq maosh taklif qilmoqda, biroq uning o‘zi 30 mln yevro atrofida mablag‘ olmoqchi.

Kiritildi: 17:45, 26.07.2026.
O'qildi: 1501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик