Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

"Chelsi" "Aston Villa"ning standartlar bo‘yicha murabbiyini taklif qilmoqchi

"Chelsi" "Aston Villa"ning standartlar bo‘yicha murabbiyini taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

"Chelsi" standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiy Ostin Makfining transferi borasida "Aston Villa" bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi BBC.

46 yoshli shotlandiyalik mutaxassisni londonliklarning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘z shtabiga taklif etmoqchi. U mavsum boshlanishi oldidan murabbiylar shtabini qayta shakllantirishni davom ettirmoqda. Makfiga APLning boshqa klublari va Saudiya Arabistoni jamoalari ham da’vogarlik qilmoqda.

Mutaxassisning "Aston Villa" bilan shartnomasida tavon puli summasi ko‘rsatilgan, shu sababli Birmingem klubi u ketgan taqdirda kompensasiya oladi.

Makfi "Villa"da 2021 yildan beri ishlab kelmoqda va standart vaziyatlar bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri sifatida nom qozongan. 2023/24 yilgi mavsumda jamoa top-5 liga klublari orasida standartlardan eng ko‘p gol urdi. Bir yil o‘tib, birmingemliklar bu ko‘rsatkich bo‘yicha top-5 ga kirishdi, o‘tgan mavsumda esa APLda bu borada "Arsenal" bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib olishdi.

Bundan tashqari, Makfi besh yil davomida Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasida ham xuddi shu lavozimni egallab keldi (Martines Jahon chempionatidan so‘ng terma jamoani tark etdi).

"Chelsi" shtabida Makfi uchun joy Bernardo Kuevaning roli o‘zgarishi evaziga bo‘shaydi. Londonliklar ushbu mutaxassisni "Brentford"dan sotib olishgan edi.

Kiritildi: 20:32, 26.07.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик