Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/08 19:00 Nasaf 1-2 Paxtakor
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi

"Al-Hilol" Luis Diasning rekord darajadagi transferini tayyorlamoqda

"Al-Hilol" Luis Diasning rekord darajadagi transferini tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Saudiyaning "Al-Hilol" klubi "Bavariya" vingeri Luis Diasni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va kolumbiyalik futbolchi uchun yirik taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub avval futbolchining o‘zi bilan kelishib olmoqchi va unga yiliga taxminan 25 million yevro maosh taklif qilmoqda. Shundan so‘ng "Al-Hilol" "Bavariya" bilan muzokaralarni boshlaydi. Transfer summasi 100-130 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

Kelishuv muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, Dias Saudiya chempionati tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Ammodagi rekord braziliyalik Neymarga tegishli — 2023 yilda "Al-Hilol" u uchun "PSJ"ga taxminan 90 million yevro to‘lagan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, "Al-Hilol" 300 million yevro miqdoridagi transfer byudjetiga ega, shu sababli Diasning xaridi klubning yagona yirik transferi bo‘lib qolmasligi mumkin.

Kiritildi: 22:21, 26.07.2026.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик