Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon 1-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 2-0 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Infantino JCH-2026 dagi bahsli qarorlar bo‘yicha munosabat bildirdi

Infantino JCH-2026 dagi bahsli qarorlar bo‘yicha munosabat bildirdi

Baho:
+ | -3

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘tib ketgan JCH-2026 davomida qabul qilingan shov-shuvli qarorlar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

«Vakolatli organlarning ba’zi qarorlaridan norozilik paydo bo‘lgani tushunarli. Ammo, iltimos, rasmiy hujjatlarga e’tibor bering — bu kabi qarorlar ba’zi eng yetakchi chempionatlarda odatiy hol hisoblanadi.

Hakamlarning «bahsli» qarorlari yoki ehtimoliy xato qizil yoxud sariq kartochkalar kabi «g‘alati» intizomiy qarorlar va muayyan vaziyatlarda futbolchilarni diskvalifikasiya qilmaslik bo‘yicha keyingi qarorlar dunyoning eng yirik ligalarida uchraydigan va keng tarqalgan amliyotdir.

Qizig‘i shundaki, ushbu amaliyotni qo‘llaydigan mamlakatlarning o‘zi bir vaqtning o‘zida uni tanqid ham qilishmoqda», — dedi Janni Infantino.

AQSH terma jamoasi futbolchisi Folarin Balogun Bosniya va Gersegovinaga qarshi 1/16 final o‘yinidagi (2:0) qizil kartochkasidan so‘ng diskvalifikasiyasi to‘xtatib turilgani evaziga Belgiyaga qarshi 1/8 final bahsida (1:4) maydonga tusha olgan edi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Balogunning chetlatilishi masalasini Infantino bilan muhokama qilganini tan olgan.

Kiritildi: 17:35, 27.07.2026.
O'qildi: 625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик