Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

35 million yevrolik transfer: «Borussiya D» 18 yoshli gresiyalik iqtidor bilan kelishib oldi

35 million yevrolik transfer: «Borussiya D» 18 yoshli gresiyalik iqtidor bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

Konstantinos Karesas Dortmundning «Borussiya» klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Gazzetta.gr ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya klubi 18 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha «Genk» bilan prinsipial kelishuvga erishdi.

Muzokaralarning yangi bosqichidan so‘ng «Borussiya» o‘z taklifini yaxshiladi va Belgiya klubi bilan murosa topa oldi. Karesasning o‘zi esa dortmundliklar bilan besh yillik shartnomani kelishib bo‘lgan.

Futbolchi yaqin orada Germaniyaga yo‘l olishi va mavsumoldi tayyorgarlikda jamoaga qo‘shilishi kutilmoqda. Bonuslarni hisobga olganda, kelishuv summasi 35 million yevrodan oshadi.

O‘tgan mavsumda Karesas 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:57, 27.07.2026.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик