«Inter» erkin agent maqomidagi himoyachi Jon Stounsning transferi bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Tomonlar prinsipial kelishuvga erishishdi, oldinda shartnomani rasmiylashtirish jarayoni kutib turibdi. 32 yoshli ingliz futbolchisi Milan klubi bilan 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan bitim imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq Stounz «Manchester Siti» sharafini himoya qilib, jamoa bilan birga ko‘plab sovrinlarni, jumladan, Chempionlar ligasi va Angliya chempionatini qo‘lga kiritgan edi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.













