Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 OKMK 2-1 Mash’al
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Islom Ahmedov: «Bir daqiqa bo‘lsa ham muvozanatni yo‘qotmasdan so‘nggi daqiqagacha kurashishgani uchun yigitlardan minnatdorman»

Islom Ahmedov: «Bir daqiqa bo‘lsa ham muvozanatni yo‘qotmasdan so‘nggi daqiqagacha kurashishgani uchun yigitlardan minnatdorman»

Baho:
+ | -

«Andijon» — «Buxoro» (2:0) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov matbuot anjumanida qatnashdi.

— Xudoga shukr, g‘alabaga erishdik. Viloyatimiz hokimi, rahbarlarimiz, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Ularni g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz. Uchrashuvga kelsak, kuchli mutaxassis boshchiligidagi jamoaga qarshi o‘yin kutib turganini bilardik. «Buxoro» himoyada tartibli o‘ynaydi va qarshi hujumda tajovuzkor. Standart holatlari kuchli. Murabbiyi o‘zining o‘yin uslubiga ega va shunday jamoaga qarshi o‘ynadik. Qo‘ldan kelganicha tayyorgarlik ko‘rdik. Futbolchilarimizga katta rahmat aytaman. Maydonda borini berib, oxirigacha kurashishdi. Bir daqiqa bo‘lsa ham muvozanatni yo‘qotmasdan so‘nggi daqiqagacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

— Birinchi bo‘limda «Andijon» ikkinchi bo‘limga nisbatan biroz kuchsizroq o‘ynadi. Shu holat bo‘yicha tanaffusda qanday ko‘rsatmalar bergandingiz?

— Doim erkin o‘ynashlikni aytib kelamiz. Biz «Andijon»ga shunday futbolni olib kirmoqchimizki, g‘alabaga erishganda ham, chiroyli, o‘ziga xos o‘yin uslubiga ega bo‘lishi kerak. Kelgan jamoa bilishi kerakki, to‘pni nazorat qiladigan, hujumda tajovuzkor va rang-barang hujumlar uyushtiradigan jamoaga aylantirmoqchimiz. Futbolchilardan barcha bosimni olib tashlab, shoshilmasdan to‘pni nazorat qilib, hujumlarga o‘tishlarini aytdik. Baribir birinchi taymda biroz havoning issiqligi hisobiga va o‘yinni boshlab olish biroz qiyin bo‘ldi. Tanaffusda, shuningdek, kamchiliklar xususida ham tushunchalar berdik. Ikkinchi taymda o‘yinimiz yaxshi bo‘ldi.

— FIFA «Andijon»dan taqiqni olib tashlabdi. Endi yangi o‘yinchilar qachon e’lon qilinadi va yana ko‘rishni istayotgan o‘yinchilaringiz ham bormi?

— Biz ham taqiqimiz yechildi, deb eshitdik. Ochig‘i, bor e’tiborimizni o‘yinga qaratgandik. Xudo xohlasa, shu kunlarda e’lon qilamiz. Yana biror chiziqqa o‘yinchi kerakligini sezsak, shunga qarab taklif qilishimiz mumkin.

— Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar haqida nima deysiz?

— Xudoga shukrki, doimo bizda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirib berishyapti. O‘yinga yanada temp qo‘shib, hujumkorlikni oshirishyapti. Bungacha ham zaxiradan maydonga tushganlarning o‘yinni kuchaytirayotgani bois g‘alabalarga erishib kelayotgandik. Bu safar ham xuddi shunday bo‘ldi va zaxiradan tushganlar o‘yinni kuchaytirib berishdi.

— Imeda Ashortiyaning jarohati qanchalik jiddiy? Keyingi o‘yinda maydonga tusha oladimi?

— Yo‘q. Imeda hozirda davolanish jarayonida. «Paxtakor» bilan bahsga ulgurmasa kerak. Keyingi o‘yinlarda safimizga qaytadi.

— Yosh hujumchi Hamidullo Karimov ikkita o‘yinda ikkita gol urdi. U haqida fikringiz qanday?

— Bu o‘yinchini doim kuzatib borardik. Shuning uchun bu lavozimga o‘tganimdan so‘ng ularni asosiy bazamizdagi mashg‘ulotlarga qo‘shganmiz. Juda iqtidorli, golni sezish qobiliyati bor. Undan foydalanib, maydonga tushiryapmiz, asosiy tarkibga kiritib boramiz. U hali yosh, kelajagi porloq.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:45, 28.07.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик