«Roma» «Sporting» himoyachisi Ivan Fresneda bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi jurnalist Eleonora Trotta.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Rim klubining 21 yoshli ispaniyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi aniq va konkret xususiyatga ega. Shu bilan birga, «Sporting» o‘z himoyachisi uchun 15 milliondan 18 million yevrogacha mablag‘ talab qilmoqda. Portugaliya klubi hozirda futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqmayapti va uni keyingi mavsumda ham jamoada olib qolishni afzal ko‘radi.
Ushbu pozisiyaga qaramay, «Roma» vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Klub yaqin haftalarda biror-bir imkoniyat paydo bo‘lgudek bo‘lsa, muzokaralar o‘tkazishga tayyor.
Fresneda 2023 yildan beri «Sporting» safida to‘p surib kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda himoyachi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 2,5 million yevroga baholamoqda.













