Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Yuventus» Kolo-Muani transferini shu hafta yakunlashiga ishonch bildirmoqda

«Yuventus» Kolo-Muani transferini shu hafta yakunlashiga ishonch bildirmoqda

Baho:
+ | -

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, «Yuventus» «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Randal Kolo Muanining transferini shu hafta oxirigacha yakunlashiga tobora ko‘proq ishonch bildirmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichga kirdi.

Manbada qayd etilishicha, «Yuventus» va «PSJ» fransuz hujumchisining keyinchalik 40 million yevrodan ortiq summaga sotib olish majburiyati sharti bilan ijaraga o‘tishi bo‘yicha kelishuvni rasmiylashtirish ustida ishlamoqda.

Kolo-Muani «byankonerilar»ning hujum chizig‘idagi asosiy nishoni bo‘lib qolmoqda. Bosh murabbiy Luchano Spalletti 27 yoshli futbolchining xalqaro turne oldidan jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilishini juda xohlayapti.

Turinliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun muqobil variant sifatida «Parma» hujumchisi Mateo Pellegrino nomzodini ham short-listda ushlab turishibdi.

Shunday bo‘lsa-da, «Yuventus» bu yozda yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashni ustuvor vazifa deb biladi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Turinda ijarada o‘tkazgan Kolo Muani esa ular uchun eng maqbul variant hisoblanadi.

Kiritildi: 11:30, 28.07.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик