Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

«Dinamo» Armaniston milliy jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi

«Dinamo» Armaniston milliy jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

Superligada davom etayotgan yozgi transfer oynasida «Dinamo» jamoasi seleksiya jarayonini davom ettirmoqda.

Rossiya Premyer-ligasining «Orenburg» klubi hamda Armaniston milliy jamoasi tayanch yarimhimoyachisi Tigran Avanesyan faoliyatini Samarqandda davom ettiradi. «Dinamo» PFK 24 yoshli yarimhimoyachi bilan kelishuvni uzaytirish huquqi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Tigran jamoa safida 19-raqam ostida harakat qiladi.

Tigran Avanesyan 2002 yilning 13 aprel kuni Toshkentda tavallud topgan. Uning aksariyat yaqinlari asli samarqandlik bo‘lib, hozirgacha Samarqandda istiqomat qilishadi. Tigran Kaliningradning «Baltika» klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U bugungi kungacha Rossiyaning SSKA Moskva, «Arsenal Tula» va «Orenburg» klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Rossiya U17 va Armaniston U19 yoshlar jamoalari sharafini ham himoya qilgan. 2024 yildan buyon Armaniston milliy jamoasi a’zosi sanaladi.

Ishonamizki, Tigran «Dinamo» safidagi o‘yinlari bilan barcha muxlislarning ishonchini oqlaydi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:31, 29.07.2026.
O'qildi: 1000 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик