Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Liverpul» rahbariyati klubning moliyaviy ahvoli haqida bayonot berdi: «Bankrotlik yoqasiga kelib qolgan edik»

«Liverpul» rahbariyati klubning moliyaviy ahvoli haqida bayonot berdi: «Bankrotlik yoqasiga kelib qolgan edik»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh direktori Billi Hogan klubning moliyaviy holati haqida fikr bildirdi.

«Fenway Sports Group (FSG) klubni sotib olganida, ko‘pchilik «Boston Red Soks» va «Liverpul» o‘rtasida o‘xshashliklar o‘tkazgan edi. Ulardan biri mahalliy hamjamiyat bilan uyg‘unlashgan, o‘ziga xos markaz yaratish g‘oyasi edi. Hozir biz «Enfild» atrofidagi infratuzilma va transport imkoniyatlarini yanada yaxshilashga e’tibor qaratmoqdamiz, toki o‘yin bo‘lmagan kunlarda ham odamlar bu yerga kelishsin. Biz stadionni kengaytirish bilan birga, uning ruhini saqlab qolganimiz va an’analarga sodiq holda zamonaviylashtirganimizdan faxrlanamiz.

Futbolda o‘ylab o‘tirish yoki dam olish uchun vaqt bo‘lmaydi. Men eng ko‘p klubning hozirgi mustahkam moliyaviy holatidan faxrlanaman. 2010 yilda «Liverpul» bankrotlik yoqasiga kelib qolgan edi, bugun esa u mustahkam poydevorga ega. Infratuzilma rivojlanmoqda, «Enfild»da uzoq yillar qolish imkoniyati yaratildi. Sarlavhalarga chiqmaydigan, ammo klub barqarorligi uchun juda muhim bo‘lgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Albatta, ko‘proq sovrin yutishni xohlardim, ammo qo‘lga kiritgan yutuqlarimizdan ham mamnunmiz. Muxlislarimiz unutilmas lahzalarni boshdan kechirishdi. Men Chempionlar ligasi finallari paytidagi fan-zonalarni tez-tez eslayman. Ayrim uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak ham, quvonch, xotiralar va futboldan olgan zavq men uchun eng muhim narsalardir. «Liverpul» bilan bog‘liq har bir inson ana shu jihatlar bilan faxrlanishi kerak. Biz barchasini birgalikda amalga oshiryapmiz va bu klubni dunyodagi eng yaxshi klubga aylantirishni istaymiz», — dedi Hogan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida beshinchi o‘rinni egallagan edi. Mavsum yakunlanganidan so‘ng niderlandiyalik mutaxassis Arne Slot jamoani tark etdi. Uning o‘rniga ispaniyalik murabbiy Andoni Iraola tayinlandi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:37, 30.07.2026.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик