Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

“Manchester Siti” Rodriga o‘rinbosar topib qo‘ydi

“Manchester Siti” Rodriga o‘rinbosar topib qo‘ydi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” klubni tark etishga yaqin turgan yarim himoyachi Rodrining o‘rniga boshqa futbolchi topdi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Lill” yarim himoyachisi Ayub Buaddi “Siti” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Klub va futbolchi 2031-yilning yozigacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Avvalroq, fransuz klubi 18 yoshli futbolchining transferi uchun 100 million yevro so‘rayotgani aytilgan edi.
O‘tgan mavsumda Buaddi klub darajasidagi barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Lill” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi. 18 yoshli marokashlik futbolchi 2026-yilgi Jahon chempionatida terma jamoa safida beshta o‘yinida maydonga tushgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:00, 30.07.2026.
O'qildi: 1417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик