Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Komo» kolumbiyalik himoyachi uchun 22 mln yevro to‘lashga tayyor

«Komo» kolumbiyalik himoyachi uchun 22 mln yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

«Bolonya»ning markaziy himoyachisi Djon Lukumi faoliyatini Italiyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini «Komo» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub rahbariyati himoyachi uchun 22 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Lukumining o‘zi ham ushbu yozda jamoasini almashtirishga tayyor.

Kolumbiyalik futbolchi 2022 yilning avgustidan beri «Bolonya» safida to‘p surib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

A Seriyaning o‘tgan mavsumida Lukumi 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 12:42, 30.07.2026.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик