Raul Asensio bir necha oyga maydondan tashqarida qolishi mumkin.
«Real» himoyachisi Raul Asensio mavsumning dastlabki bir necha oyini o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda As nashri. 23 yoshli futbolchi o‘ng sonining to‘g‘ri mushagidan jarohat olgan.
Jurnalist Arancha Rodrigesning yozishicha, Asensio taxminan 6 haftaga safdan chiqqan.
O‘tgan mavsumda ispaniyalik himoyachi La Ligada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka oldi.













