Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

UYEFA mamlakatlari FIFA musobaqalarini boykot qilishini ma’lum qildi

UYEFA mamlakatlari FIFA musobaqalarini boykot qilishini ma’lum qildi

Baho:
+3 | -

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) rasmiy bayonot bilan chiqib, agar FIFA jahon chempionati va boshqa musobaqalarga bo‘lgan huquqlarni xususiy investorlarga sotish haqidagi rejasini amalga oshirsa, UYEFAga a’zo barcha 55 ta milliy assosiasiya FIFA musobaqalarini boykot qilishini ma’lum qildi.

Bayonotda shunday deyiladi:

«UYEFA va uning tarkibiga kiruvchi 55 ta milliy assosiasiya yakdil pozisiyada turibdi. Biz FIFAning jahon chempionati va boshqa musobaqalarga mulkchilik huquqini xususiy investorlarga berish haqidagi taklifini bir ovozdan va qat’iy rad etamiz.

Jahon chempionatini investisiya mahsuloti sifatida ko‘rib bo‘lmaydi. Bu futbolning avlodlar davomida futbolchilar, terma jamoalar va muxlislar tomonidan yaratilgan eng buyuk merosidir. Uni sotib bo‘lmaydi.

Bunday muhim tashabbusning futbolni boshqarishga mas’ul tomonlar bilan maslahatlashmasdan, maxfiy tarzda ishlab chiqilib, deyarli tasdiqlash bosqichiga olib kelingani mas’uliyatsizlik va kechirib bo‘lmaydigan holatdir. Bu rahbarlikdagi kamchilik emas, balki FIFAning jahon futboli homiysi sifatidagi burchidan voz kechishidir.

Milliy assosiasiyalar oldiga ultimatum qo‘yildi: yo eng yirik futbol musobaqalari ustidan qaytarib bo‘lmaydigan nazoratni xususiy sarmoyadorlarga berishni qabul qilish, yoki oqibatlarga duch kelish. Bu demokratik qaror emas, balki bosim orqali boshqaruvdir.

Agar tashqi investorlar FIFA musobaqalarida ulushga ega bo‘lsa, futbol abadiy o‘zgaradi. Tijoriy daromad doimiy majburiyatga, investorlarning kutilmalari esa kundalik bosimga aylanadi. Kalendar, format va futbol kelajagiga oid har bir qaror o‘yin manfaatlari emas, aksiyadorlar manfaatlari asosida qabul qilinadi.

Bu modelning jahon futbolida o‘rni yo‘q. Futbol kelajagini asosiy maqsadi moliyaviy daromadni oshirish bo‘lgan shaxslar belgilamasligi kerak. Futbol o‘z kelajagini moliyaviy manfaatlar evaziga garovga qo‘ya olmaydi.

Yevropaning pozisiyasi aniq. Biz hech qachon bu modelni qonuniy deb tan olmaymiz. Keyingi avlod uchun vaqtincha ishonch bildirilgan merosni sotishga hech kimning ma’naviy haqqi yo‘q.

Bugungi muhokama yakunlariga ko‘ra, agar ushbu takliflar bekor qilinmasa va FIFA bundan buyon o‘z boshqaruvi hamda musobaqalariga xususiy mulkchilikni kiritmasligi bo‘yicha majburiy kafolatlar bermasa, UYEFAga a’zo hech bir milliy terma jamoa FIFAning birorta musobaqasida ishtirok etmaydi.

Hech kimda shubha bo‘lmasin: UYEFA va uning milliy assosiasiyalari bu rejalarga qarshi qat’iy kurashadi. Shunday pallalar bo‘ladiki, institutlar nimani qabul qilgani bilan emas, balki nimadan voz kechgani bilan baholanadi. Bu ana shunday pallalardan biri.

Ayrim qadriyatlar shunchalik muhimki, ularni sotib bo‘lmaydi. Jahon chempionati futbolga tegishli. Har doim shunday bo‘lib qoladi. Yevropa ovozi bor ekan, u hech qachon sotilmaydi».

Bu bayonot FIFA prezidenti Janni Infantino ilgari surgan, jahon chempionatiga oid tijoriy huquqlarning bir qismini xususiy investorlarga berish rejasi atrofidagi bahslarni yanada kuchaytirdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:10, 30.07.2026.
O'qildi: 1518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик