Angliyaning «Fulxem» klubi Madridning «Real» jamoasidan hujumchi Gonsalo Garsiya va yarim himoyachi Sesar Palasiosni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi Gonsalo Garsiyaning iqtisodiy huquqlarining 70 foizi uchun 40 million yevro, 21 yoshli yarim himoyachi Sesar Palasiosning iqtisodiy huquqlarining 70 foizi uchun esa 8–10 million yevro to‘laydi.
Shu tariqa, ushbu ikki transfer «Real»ga jami 50 million yevro daromad keltiradi.
Xabar qilinishicha, Gonsalo Garsiya bo‘yicha muzokaralar to‘liq yakunlangan. Palasios transferida esa faqat ayrim texnik jihatlar qolgan bo‘lib, ular ham yaqin soatlar ichida hal qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, Gonsalo Garsiya «Fulxem»ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa uchun asosiy transfer maqsadi bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Arbeloa o‘tgan mavsumda Xabi Alonso o‘rniga «Real» bosh murabbiyi lavozimini egallagach, klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Garsiyaga katta ishonch bildirgan edi.













