"Liverpul"ning sobiq murabbiyi Arne Slot Yevropaning eng yaxshi ligalaridan biridagi klubga murabbiylik qilishni rejalashtirmoqda.
Sky Sports News xabariga ko‘ra, niderlandiyalik murabbiy Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi qiziqish bildirayotganiga qaramay, yaqin kelajakda Yevropaning eng yaxshi klubida faoliyatini davom ettirishga ustuvor ahamiyat bermoqda.
Ronald Kuman ketganidan keyin Slot Niderlandiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida ham avvalroq xabarlar tarqalgan edi.













