Braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro «Inter Mayami»ga ko‘chib o‘tgach, jamoadoshiga aylangan Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hozir u bilan bir jamoada o‘ynayotganimdan juda xursandman. U menga juda ko‘p muammo tug‘dirgan. Men doimo eng yaxshi futbolchilar bilan birga o‘ynashni orzu qilardim. Unga qarshi bir necha bor maydonga tushganman va uni to‘xtatish deyarli imkonsizligini yaxshi bilardim. Ammo u barcha sovrinlarni yutib bo‘lganidan keyin ham yanada o‘sishga, yana g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishtiyoqini saqlab qolayotganini ko‘rish hayratlanarli. U bilan bir jamoada o‘ynash men uchun katta sharaf. Men aynan bo‘lishni istagan joydaman. Rivojlanishda davom etmoqchiman va futboldan zavq olishni istayman», — dedi Kazemiro. Uning so‘zlarini AS keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kazemiro Ispaniya chempionatida «Real» safida to‘p surgan bo‘lsa, Lionel Messi o‘sha vaqtda «Barselona» sharafini himoya qilgan.
Braziliyalik yarim himoyachi MLS ishtirokchisi «Inter Mayami» safidagi debyutini 25 iyuldan 26 iyulga o‘tar kechasi «Klyob de Fut Monreal»ga qarshi uchrashuvda o‘tkazgan. Mayami klubi uning transferini 22 iyul kuni rasman e’lon qilgan edi.













