"Inter Mayami"ning yangi futbolchisi Kazemiro Lionel Messi bilan o‘ynash haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
"Inter Mayami" o‘tgan hafta 34 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. "Manchester Yunayted" va "Real Madrid"ning sobiq yarim himoyachisi MLS klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
"Men shunchaki Messiga sovrinlarni yutishda davom etishiga yordam bermoqchiman. Leo futbol dahosi", - dedi Kazemiro.
Lionel Messi "Inter Mayami"da 2023 yil yozidan beri o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2028 yil oxirigacha amal qiladi.
Kazemiro "Floridaliklar" bilan 2027 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi, shartnoma avtomatik ravishda yana ikki yilga uzaytirish imkoniyati bilan.













