"Real Madrid" yarim himoyachisi Franko Mastantuono Ispaniya La Ligasidan Italiya A Seriyasiga o‘tishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, yarim himoyachining Italiyada bir nechta variantlari bor. Mastantuonoga "Napoli", "Milan" va "Fiorentina" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Real Madrid" klubi argentinalik futbolchining Yevropada o‘ynashini davom ettirishini istaydi. "Los Blankos" yarim himoyachining o‘z vataniga qaytishiga qarshi.
O‘tgan mavsumda Franko La Ligada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi, beshta sariq kartochka oldi va bir marta maydondan chetlatildi.













