"Bavariya" vingeri Luis Dias "Al-Hilol"ning transfer nishoniga aylandi. Mish-mishlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi kolumbiyalik futbolchi uchun taxminan 70 million yevro taklif qilishga tayyor. Transfer News Live nashrining xabar berishicha, futbolchining o‘zi Saudiya Arabistonining qiziqishlariga qaramay, Myunxen rahbariyatiga qolish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.
"Bavariya" ham "Liverpul"dan qo‘shilganidan keyin debyut mavsumida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Luis Diasni sotishdan manfaatdor emas. 29 yoshli futbolchining Bundesliga gigantlari bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Dias o‘tgan mavsumda Vinsent Kompani jamoasi safida 51 ta o‘yinda 26 ta gol urgan va 23 ta golli uzatma bergan.













