Madridning «Real» klubi mavsumlararo tayyorgarlik doirasida yangi mavsumga hozirlik ko‘rishni davom ettirmoqda.
Jurnalist Alvaro Estebanning xabariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida ishtirok etgan vinger Vinisius Junior keyingi haftada «qaymoqranglilar» mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Bundan tashqari, mundialda Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan «Real»ning yangi a’zosi Bernardu Silva ham keyingi haftadan umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva shu yozda erkin agent sifatida «Real»ga o‘tib, 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Ilgari yarim himoyachi «Manchester Siti»da to‘p surgan. Vinisius Juniorning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.













