«Real»ning sobiq himoyachisi Migel Palensiya «Evro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida Joze Mourinyoning Madrid klubi bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ochig‘ini aytganda, bu juda qiziqarli tayinlov deb hisoblayman. Mourinyo — «Real» nima ekanini juda yaxshi tushunadigan va bosimga boshqalardan ko‘ra yaxshiroq dosh bera oladigan murabbiy. U kuchli xarakter va g‘oliblik mentalitetiga ega.
U muvaffaqiyatga erisha oladimi? Albatta! Agar u jamoani o‘z g‘oyalariga ishonishga va birgalikda harakat qilishga ko‘ndira olsa, har qanday sovrin uchun kurasha oladi. Menimcha, uning qaytishi katta g‘ayrat va qiziqish uyg‘otmoqda. «Real» dunyoning eng qiziqarli klubi bo‘ladi, uni barcha futbol ishqibozlari kuzatishadi», — dedi Palensiya.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2010 yildan 2013 yilgacha ham «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida «qaymoqranglilar» La Liga, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritishgan.













