Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Franko Barezi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

«Real» Franko Barezi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi og‘ir xastalikdan so‘ng 66 yoshida vafot etgan «Milan» afsonasi Franko Barezi xotirasiga bag‘ishlangan hamdardlik bayonotini e’lon qildi.

«Real» prezidenti va direktorlar kengashi “Milan”, Italiya hamda jahon futbolining eng buyuk afsonalaridan biri Franko Barezining vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda.

Klubimiz uning oila a’zolari va yaqinlariga, sobiq jamoadoshlariga hamda butun faoliyatini bag‘ishlagan “Milan” klubiga samimiy hamdardlik bildiradi.

Franko Barezining faoliyati bitta klub — “Milan” hamda Italiya terma jamoasiga bo‘lgan sadoqati bilan yodda qoladi.

U “Milan” safida 719 ta o‘yin o‘tkazib, 3 marta UEFA Chempionlar ligasi, 2 marta Qit’alararo kubok, 3 marta UEFA Superkubogi, 6 marta Italiya chempionati va 4 marta Italiya Superkubogi g‘olibiga aylangan.

Italiya terma jamoasi safida esa uchta jahon chempionatida ishtirok etgan va 1982-yilda Ispaniyada bo‘lib o‘tgan mundialda jahon chempioni bo‘lgan.

Franko Barezi 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Joyi jannatda bo‘lsin», — deyiladi «Real» bayonotida.

Kiritildi: 18:25, 31.07.2026.
O'qildi: 947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик