Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Donnarumma «Inter»ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi

Donnarumma «Inter»ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning italiyalik darvozaboni Janluidji Donnarumma Milanning «Inter» klubiga qarshi kechadigan bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bahs ertaga, 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

«Terma jamoadagi ba’zi jamoadoshlarimni va yaxshi do‘stlarimni yana ko‘raman. Biz tez-tez muloqot qilib turamiz, shu sababli «Inter» kabi buyuk jamoaga qarshi o‘ynash ikki karra yoqimli.

Bu yangi mavsumdagi birinchi o‘yinimiz bo‘ladi, bu esa har doim murakkab kechadi. Biz astoydil mehnat qilyapmiz, tayyor ekanimizni va yaxshi o‘yin ko‘rsatishga bo‘lgan kuchli ishtiyoqimizni namoyish etmoqchimiz. «Inter» futbolchilari ham nimalarga qodir ekanini ko‘rsatishni istashadi, shuning uchun bizni qo‘llab-quvvatlashga keladigan muxlislar uchun bu ajoyib tomosha bo‘ladi», — deya Donnarummaning so‘zlarini keltiradi City Xtra nashri.

Kiritildi: 18:33, 31.07.2026.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик